Qadimiy yozma manbalar davlat reyestri
Islom sivilizatsiyasi markazi uchun qo'lyozma, toshbosma va tarixiy hujjatlarning jamoatchilikka ochiq davlat reyestri.
Prezidentning 2022-yil 10-fevraldagi «Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan web ilova. Maqsad — O'zbekiston hududidagi muzey, kutubxona, arxiv va ilmiy-tadqiqot muassasalari fondlarida saqlanayotgan noyob yozma merosni yagona, jamoatchilik uchun ochiq reyestrda jamlash.
Reyestr bo'limlari
- Qo'lyozmalar — qo'lda ko'chirilgan noyob asarlar.
- Toshbosmalar — litografiya usulida chop etilgan nashrlar.
- Tarixiy hujjatlar — arxiv manbalari.
- Hududiy manbalar — reyestrning viloyatlar kesimidagi taqsimoti.
Har bir yozuvda
- Asar nomi va muallifi — asosiy identifikatsiya ma'lumotlari.
- Inventar raqami — fonddagi rasmiy raqam.
- Ko'chirilgan yoki yozilgan sanasi — hijriy va melodiy yil.
- Batafsil ma'lumot — asar tavsifi va saqlanish joyi.
Tizim imkoniyatlari
- Qidiruv — asar, muallif va manba turi bo'yicha.
- Statistika — qo'lyozma, toshbosma va hujjatlar soni real vaqtda.
- Jamoatchilikka ochiq — ro'yxatdan o'tmasdan ko'rish mumkin.
- Integratsiya — davlat muzeylari, kutubxonalari va arxiv fondlari tizimlariga ulanish imkoniyati.
- Ko'p tillilik — lotin va kirill alifbolari.
Buyurtmachi: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi.

Shu turdagi
Boshqa loyihalar
Web sayt
DipBase — universitet boshqaruv tizimi
Universitetning ichki boshqaruv tizimi: talabalar kontingenti, shartnoma va to'lovlar, kadrlar, o'quv rejalar, avtomatik dars jadvali, davomat va o'qituvchi oyliklari — bitta bazada.
Web sayt
Diplomat University
Xalqaro ta'lim va innovatsiyalar markazining portali: o'quv yo'nalishlari, onlayn qabul va imtihon, tahliliy maqolalar, podcast va yangiliklar — uch tilda.
Web sayt
Diplomat Academy — o'quv markazi tizimi
O'quv markazi boshqaruv tizimi: guruhlar, o'quvchilar va to'lovlar, davomat, o'qituvchi oyliklari. O'qituvchi uchun alohida shaxsiy kabinet.