Web sayt

DipBase — universitet boshqaruv tizimi

Universitetning ichki boshqaruv tizimi: talabalar kontingenti, shartnoma va to'lovlar, kadrlar, o'quv rejalar, avtomatik dars jadvali, davomat va o'qituvchi oyliklari — bitta bazada.

Saytga o'tish dipbase.diplomat.university

Loyiha haqida

DipBase — universitetning ichki boshqaruv tizimi. Talabalar kontingenti, shartnoma va to'lovlar, kadrlar, o'quv rejalar, dars jadvali, davomat hamda o'qituvchi oyliklari bitta bazada turadi. Bo'limlar bo'ylab tarqalib ketgan o'nlab Excel fayl o'rniga bitta manba.

Talabalar va moliya

  • Kontingent: talaba, guruh, yo'nalish, o'quv yili; buyruqlar (qabul, o'tkazish, chetlatish, tiklash) va har bir o'zgarishning tarixi saqlanadi.
  • Shartnoma va to'lov: shartnoma summasi, ichki grant turi va foizi, qisman to'lovlar, qaytarishlar.
  • Kontrakt narxi yo'nalish va ta'lim shakli kesimida belgilanadi; perevod uchun bir kredit stavkasi alohida turadi.
  • Fan qarzdorligi kredit asosida summaga aylantiriladi va to'lov holati kuzatib boriladi.

O'quv jarayoni

  • O'quv rejalar va fanlar; yuklama hajmi rejadan avtomatik hisoblanadi.
  • Oqimlar, kichik guruhlar, xona turlari va sig'imi.
  • Dars jadvali avtomatik generatsiya qilinadi. Generator o'qituvchining bo'sh vaqtini, xona sig'imini, smenani va semestr sanalarini hisobga oladi; jadvaldagi "oyna"larni minimallashtiradi, bir-biriga zid holatlarni esa alohida ro'yxatga yozib qo'yadi.

Davomat va oylik

  • Har bir dars jurnalga tushadi: rejadagi o'qituvchi va haqiqatda dars o'tgan o'qituvchi alohida yoziladi.
  • O'rin bosilgan soat haqiqiy o'qituvchiga hisoblanadi; o'tilmagan dars to'lovga kirmaydi.
  • Oylik ikki sxema bo'yicha: soatbay stavka va asosiy stavka — oklad, nadbavka foizi, shtat birligi va otpusknoy bilan.
  • Jurnal o'quv bo'limi tasdig'idan o'tgandan keyingina hisob-kitobga kiritiladi.

Hisobotlar

  • Kontingent, kurslar kesimidagi yig'ma jild, fan qarzdorligi tahlili, TSCH analiz va ichki grant hisoboti.
  • Har bir hisobot Excel ga chiqariladi.

Shu turdagi

Diplomat University — loyiha ko'rinishi Web sayt

Diplomat University

Xalqaro ta'lim va innovatsiyalar markazining portali: o'quv yo'nalishlari, onlayn qabul va imtihon, tahliliy maqolalar, podcast va yangiliklar — uch tilda.

Diplomat University — batafsil