Web sayt

Diplomat Academy — o'quv markazi tizimi

O'quv markazi boshqaruv tizimi: guruhlar, o'quvchilar va to'lovlar, davomat, o'qituvchi oyliklari. O'qituvchi uchun alohida shaxsiy kabinet.

Saytga o'tish academy.diplomat.university

Loyiha haqida

Diplomat Academy — o'quv markazining boshqaruv tizimi. Guruhlar va o'quvchilar, to'lovlar, davomat hamda o'qituvchi oyliklari bitta joyda turadi. Tizim ikki qismdan iborat: ma'muriyat uchun boshqaruv paneli va o'qituvchi uchun alohida shaxsiy kabinet.

O'qituvchi kabineti

  • O'qituvchi o'z logini bilan kiradi va faqat o'ziga biriktirilgan faol guruhlarni ko'radi.
  • Bugungi dars uchun davomat uch holatda belgilanadi: keldi, kelmadi, sababli.
  • O'tgan darslar bo'yicha davomat tarixi ochiq.
  • Bosh sahifa haftaning joriy kuniga qarab o'sha kundagi darslarni ko'rsatadi.

Guruh va o'quvchi

  • Daraja, guruh kodi, dars kunlari va vaqti, oyiga darslar soni.
  • Guruh narxi va o'sha guruh uchun o'qituvchiga to'lanadigan summa alohida belgilanadi.
  • Kursga qabul: qabul sanasi, ketgan sana va ketish sababi saqlanadi.
  • Chegirma foiz bilan beriladi va amal qilish muddati bo'ladi.
  • O'qishni muzlatish — boshlanish/tugash sanasi va sababi bilan.

Moliya

  • O'quvchi to'lovi qaysi oy va qaysi guruh uchun ekani bilan yoziladi; to'lov usuli: naqd pul, plastik karta, Click/Payme yoki bank o'tkazmasi.
  • O'qituvchi to'lovi uch turda: oylik maosh, avans va bonus.
  • Moliyaviy hisobot sahifasi hamda Excel ga eksport.
  • Guruh kesimida oylik davomat jadvali.

Integratsiya

  • AmoCRM webhook — yangi lid qo'shilganda yoki uning bosqichi o'zgarganda tizim lid va kontakt ma'lumotini oladi.
  • Telegram orqali xabarnoma yuboriladi.

Shu turdagi

DipBase — universitet boshqaruv tizimi — loyiha ko'rinishi Web sayt

DipBase — universitet boshqaruv tizimi

Universitetning ichki boshqaruv tizimi: talabalar kontingenti, shartnoma va to'lovlar, kadrlar, o'quv rejalar, avtomatik dars jadvali, davomat va o'qituvchi oyliklari — bitta bazada.

DipBase — universitet boshqaruv tizimi — batafsil
Diplomat University — loyiha ko'rinishi Web sayt

Diplomat University

Xalqaro ta'lim va innovatsiyalar markazining portali: o'quv yo'nalishlari, onlayn qabul va imtihon, tahliliy maqolalar, podcast va yangiliklar — uch tilda.

Diplomat University — batafsil