Burro AI
Sun'iy intellekt matnni o'qib chiqib, u qaysi yoshdagi bolaga tushunarli ekanini aniqlaydi, qiyin so'zlarni belgilaydi va ularga soddaroq muqobil taklif qiladi.
Burro AI — o'zbek tilidagi matnni yosh bo'yicha baholaydigan platforma. Hujjatni yuklaysiz, tizim har bir so'zni tahlil qilib, matn qaysi yoshdagi bolaga tushunarli ekanini ko'rsatadi va qiyin so'zlarga soddaroq muqobil taklif qiladi. Ota-ona kitobning farzandiga mosligini tekshiradi, muallif va tarbiyachi esa matnni maqsadli yoshga moslashtiradi.
Qanday ishlaydi
- Matnni bering — PDF, DOCX yoki TXT fayl (20 MB gacha) yuklang, matnni to'g'ridan-to'g'ri yozing yoki qog'oz kitob sahifasini telefon kamerasida suratga oling.
- Yoshni belgilang — kerakli yosh guruhini tanlang yoki «Auto tanlash» ni qoldiring: tizim matnga mos yoshni o'zi aniqlaydi.
- Natijani o'qing — tushunarlilik foizi, tavsiya etilgan yosh va qiyin so'zlar soni bitta kartada chiqadi.
- Matnni moslashtiring — qiyin so'zni bosib, soddaroq muqobilni tanlaysiz. Almashtirish faqat siz tasdiqlaganda qo'llanadi.
- Yuklab oling — tayyor matnni Word yoki PDF ko'rinishida saqlang.
Yosh guruhlari
Tasnif yetti bosqichli va bog'cha dasturidan boshlang'ich sinflargacha qamrab oladi: 1+ (eng oddiy so'zlar), 2+, 3+, 4+, 5+ (maktabga tayyorlov), 7+ (1–2-sinf, mavhum tushunchalar) va 10–12 (3–4-sinf, ilmiy va falsafiy atamalar).
Ochiq lug'at
Ekspertlar tasdiqlagan so'zlar bolalar so'zlari lug'ati sifatida saytda ochiq turadi: har bir so'z qaysi yoshdan tushunarli, qaysi mavzuga oid va bola uni o'zi gapiradimi. Lug'atni yuklab olish ham mumkin — tadqiqotchilar va metodistlar undan mustaqil foydalana oladi.
Shu turdagi
Boshqa loyihalar
AI platforma
Testchi
Sun'iy intellekt asosidagi ta'lim platformasi: test yaratishdan milliy sertifikat va DTM imtihonlarini Rasch modeli bilan baholashgacha — hammasi bir tizimda.