Uzinfocom — «Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator» MChJ da Axborot xavfsizligi hodisalari tahlili departamenti yetakchi mutaxassisi (2026-yil sentabridan).
Axborot tizimlarini loyihalashdan serverda ishga tushirishgacha bo'lgan butun yo'lni olib boradi: backend va frontend, ma'lumotlar bazasi arxitekturasi, tashqi servislar bilan integratsiya, server infratuzilmasi va xavfsizligi. 10 dan ortiq ishlayotgan veb-platforma — ta'lim, ilmiy va davlat tashkilotlari uchun.
Qisqa ma'lumot
| Hozirgi ish joyi | Uzinfocom, Axborot xavfsizligi hodisalari tahlili departamenti |
|---|---|
| Lavozimi | Yetakchi mutaxassis |
| Tug'ilgan sana | 01.09.1995, Qashqadaryo viloyati |
| Ma'lumoti | Oliy — magistr (axborot tizimlari) |
| Mutaxassisligi | Muhandis-dasturchi, tadqiqotchi, pedagog |
| Tillar | O'zbek, ingliz, turk |
| GitHub | github.com/J-B-Sulaymonov |
Nima bilan ishlaydi
- Backend — Python: Django, FastAPI. REST API loyihalash va hujjatlashtirish.
- Ma'lumotlar bazasi — PostgreSQL, MySQL. Arxitektura loyihalash, so'rovlarni optimallashtirish, katta hajmli ma'lumotlar bilan ishlash.
- Korporativ tizimlar — ERP, CRM va analitik yechimlarni ishlab chiqish hamda joriy etish; hisobot va monitoring tizimlarini qurish.
- Integratsiya — tashqi servislar va API'lar, GIS/ArcGIS, BI platformalari. ETL/ELT jarayonlari, ma'lumotlarni qayta ishlash va migratsiya.
- Infratuzilma — Linux (Ubuntu, CentOS) va Windows Server; DNS, DHCP, Samba, veb-server sozlash; ilovalarni deploy qilish.
- Xavfsizlik — Kerio Control bilan tarmoq nazorati, server himoyasi. «System administration. Cyber security» sertifikati (2022).
- Qurilmalar bilan integratsiya — POS terminallar, QR va shtrix-kod skanerlari, talaba ID-kartasini o'qish tizimlari.
Mehnat faoliyati
- 2026 — hozirgacha
Uzinfocom — «Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator» MChJ, Axborot xavfsizligi hodisalari tahlili departamenti yetakchi mutaxassisi - 2025–2026
«Diplomat University» MChJ, Axborot texnologiyalari bo'limi boshlig'i. Universitetning rasmiy platformasi, DipBase, Academy va Apply tizimlari, dars jadvalini avtomatik shakllantirish hamda hisob-kitob modullari shu davrda qurilgan. - 2022–2025
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Kompyuter va axborot texnologiyalari bo'limi bosh mutaxassisi. Ilmiy-ma'rifiy portallar va elektron kutubxona tizimi. - 2020–2021
Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Tibbiy-biologik informatika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi - 2019–2020
O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi muhandis-dasturchisi
Ta'lim
- 2019–2021
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti — magistr, axborot tizimlari - 2015–2019
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti — bakalavr, informatika va axborot texnologiyalari (dasturiy injiniring)