Sulaymonov Javoxir
Axborot xavfsizligi mutaxassisi

Sulaymonov Javoxir

O'sish hech qachon tasodifiy emas, bu kuchlarning birgalikda ishlashi natijasida yuzaga keladi!

Uzinfocom — «Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator» MChJ da Axborot xavfsizligi hodisalari tahlili departamenti yetakchi mutaxassisi (2026-yil sentabridan).

Axborot tizimlarini loyihalashdan serverda ishga tushirishgacha bo'lgan butun yo'lni olib boradi: backend va frontend, ma'lumotlar bazasi arxitekturasi, tashqi servislar bilan integratsiya, server infratuzilmasi va xavfsizligi. 10 dan ortiq ishlayotgan veb-platforma — ta'lim, ilmiy va davlat tashkilotlari uchun.

Qisqa ma'lumot

Hozirgi ish joyiUzinfocom, Axborot xavfsizligi hodisalari tahlili departamenti
LavozimiYetakchi mutaxassis
Tug'ilgan sana01.09.1995, Qashqadaryo viloyati
Ma'lumotiOliy — magistr (axborot tizimlari)
MutaxassisligiMuhandis-dasturchi, tadqiqotchi, pedagog
TillarO'zbek, ingliz, turk
GitHubgithub.com/J-B-Sulaymonov

Nima bilan ishlaydi

  • Backend — Python: Django, FastAPI. REST API loyihalash va hujjatlashtirish.
  • Ma'lumotlar bazasi — PostgreSQL, MySQL. Arxitektura loyihalash, so'rovlarni optimallashtirish, katta hajmli ma'lumotlar bilan ishlash.
  • Korporativ tizimlar — ERP, CRM va analitik yechimlarni ishlab chiqish hamda joriy etish; hisobot va monitoring tizimlarini qurish.
  • Integratsiya — tashqi servislar va API'lar, GIS/ArcGIS, BI platformalari. ETL/ELT jarayonlari, ma'lumotlarni qayta ishlash va migratsiya.
  • Infratuzilma — Linux (Ubuntu, CentOS) va Windows Server; DNS, DHCP, Samba, veb-server sozlash; ilovalarni deploy qilish.
  • Xavfsizlik — Kerio Control bilan tarmoq nazorati, server himoyasi. «System administration. Cyber security» sertifikati (2022).
  • Qurilmalar bilan integratsiya — POS terminallar, QR va shtrix-kod skanerlari, talaba ID-kartasini o'qish tizimlari.

Mehnat faoliyati

  • 2026 — hozirgacha
    Uzinfocom — «Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator» MChJ, Axborot xavfsizligi hodisalari tahlili departamenti yetakchi mutaxassisi
  • 2025–2026
    «Diplomat University» MChJ, Axborot texnologiyalari bo'limi boshlig'i. Universitetning rasmiy platformasi, DipBase, Academy va Apply tizimlari, dars jadvalini avtomatik shakllantirish hamda hisob-kitob modullari shu davrda qurilgan.
  • 2022–2025
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Kompyuter va axborot texnologiyalari bo'limi bosh mutaxassisi. Ilmiy-ma'rifiy portallar va elektron kutubxona tizimi.
  • 2020–2021
    Fanlar akademiyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Tibbiy-biologik informatika laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi
  • 2019–2020
    O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi muhandis-dasturchisi

Ta'lim

  • 2019–2021
    Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti — magistr, axborot tizimlari
  • 2015–2019
    Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti — bakalavr, informatika va axborot texnologiyalari (dasturiy injiniring)